Toshkentda ertaga havaskor velosipedchilar o‘rtasida «Velomarafon» bo‘lib o‘tadi

0
63

2019 yilning 9 noyabr kuni soat 14:00da Toshkent shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab havaskor velosipedchilar o‘rtasida “Velomarafon” bo‘lib o‘tadi.

Start «Humo arena» muz saroyi hududidan boshlanadi. Barcha havaskor velosipedchilar velomarafonda o‘z velosipedi bilan ishtirok etishlari mumkin.

O‘z velosipediga ega bo‘lmagan ishtirokchilarda velosipedlarni ijaraga olish orqali velomarafonda ishtirok etish imkoniyati mavjud. «Humo arena» muz saroyi hududida velosipedlar ijarasi tashkil etiladi. Velosipedlarni ijaraga olishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi lozim.

Velomarafon g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Bu haqda aniq.uz habar bermoqda.

Kommentariya qoldirish