1 dekabrdan Toshkentda avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati ishga tushiriladi

0
70

2019 yil 1 dekabrdan boshlab Toshkent shahrida avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati to‘liq ishga tushiriladi. Ayni paytda boshqaruv tizimi sinov tarzida joriy etilgan bo‘lib, tizimdan faoliyat ko‘rsatadigan xodimlar o‘qitilmoqda.

AKT vazirligi mas’ul  xodimi  Abdulaziz Abdulahadovning aytishicha, “Henan Costar Group” kompaniyasi bilan imzolangan shartnomaga muvofiq qiymati 11,9 mln. dollarlik “Toshkent shahrida tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish” loyihasini amalga oshirilmoqda. Shu kungacha xitoy kompaniyasi tomonidan zamonaviy AKT va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 9 ta tez tibbiy yordam avtomobili yetkazib berilgan. Yil yakuniga qadar esa yana 141 dona reanimobil yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

“Ushbu xarid qilingan tez tibbiy yordam avtomobillari mavjud avtomobillardan afzalligi ularning salon qismiga zamonaviy video kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan. Bu zarurat tug‘ilganda malakali shifokorlar tomonidan masofadan (call markazdan) ahvoli og‘ir bemorlar uchun kerakli maslahat va tegishli ko‘rsatmalar berish imkonini beradi”, — deya Abdulaziz Abdulahadovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Hozir Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi Call markazida joriy ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilib, “Henan Costar Group” kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan zamonaviy AKT uskunalari, kompyuter, printer, server, video panel va boshqalarni o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda.

Bu haqda aniq.uz habar bermoqda.

Kommentariya qoldirish