Unutmang! Yo‘lovchilarga quyidagilar taqiqlanadi

0
81

Yo‘lovchi transport vositasiga faqat u to‘la to‘xtagandan keyin trotuar yoki yo‘l yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majbur.

Transportga yo‘lning qatnov qismidan chiqishga va tushishga bu harakat yo‘lovchiga xavf tug‘dirmasa yoki boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa yo‘l qo‘yiladi.

✅ Yo‘lovchiga quyidagilar taqiqlanadi:
👉 transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg‘itish va unga xalaqit berish;
👉 harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o‘tirish;
👉 transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish;
👉 transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish.

Bu haqda aniq.uz habar bermoqda.

Kommentariya qoldirish