Dunyodagi eng baxtli inson kimligi ma’lum qilindi

0
84

Bu haqda zamin.uz
habar beradi.


Rikardni bir nechta mashhur ommaviy axborot vositalari «dunyodagi eng baxtli odam» deb tan olishgan. Metyu Rikard Viskonsin-Madison universitetida baxt mavzusida o‘tkazilgan tadqiqotda ko‘ngilli bo‘lib qatnashgan va uning baxt koeffitsiyenti qolgan yuzlab qatnashchilarnikidan ancha yuqori bo‘lgan.

Metyu Rikard Nepalda 1946 yil 15 fevralda tug‘ilgan. U fransuz yozuvchisi, fotograf, tarjimon va Nepaldagi Shechen Tennyi Dargeling monastirida yashaydigan buddist rohib hisoblanadi.

Metyu Rikard fransuz ziyoli shaxslari va ularning g‘oyalari ta’sirida o‘sgan. 1972 yilda u Pasteur Institutidan molekulyar genetika sohasi bo‘yicha fan doktori ilmiy unvonini olgan. Keyin u ilmiy karerasini tark etishga, asosan Himoloy tog‘larida yashashga va Tibet buddizmiga amal qilishga qaror qildi.

Rikard Idrok va hayot institutining boshqaruv a’zosidir. Karuna-Shechen bilan amalga oshirgan Sharqdagi insonparvarlik faoliyati uchun u Fransiya milliy mukofotiga sazovor bo‘lgan, ushbu faoliyati mobaynida u 2000 yilda Rabjam Rinpoche bilan birgalikda notijorat tashkilot tuzgan. 1989 yildan beri u Dalay Lama Kengashi uchun fransuz tilidan tarjimon bo‘lib ishlaydi.

Keyinchalik Rikard Hindistonga borib, u yerda Himolayda Kangyur Rinpoche va boshqa shu sekta ulamolari bilan birga tahsil oldi. Rinpoche Tibet buddizmining yetakchi ustozlaridan edi. Rinpoche vafotiga qadar u Dilgo Xentse Rinpochening eng ishonchli shogirdi va yaqin do‘sti bo‘lib kelgan. O‘shandan beri Rikard o‘z umrini Xentse Rinpochening yo‘lini davom ettirishga bag‘ishladi.

Kommentariya qoldirish