O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlarining o‘zaro harbiy hamkorlik rejasi

0
90

Avvalroq O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov rahbarligidagi harbiy delegasiya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.

Bugun, 29 oktyabr kuni general-mayor Bahodir Qurbonov Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa idoralari rahbarlari 2020 yilga mo‘ljallangan ikki davlat Mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasini imzoladilar.

30 oktyabr kuni Boku shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Unda Rossiya Federasiyasi, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

 

Bu haqda aniq.uz habar bermoqda.

Kommentariya qoldirish